Ekran o'lchami:
Matn o'lchami:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023-yil 16–17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi yo‘l qurilishi sohasida hududda olib borilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
🔺 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Surxon vohasining 7 ta tumanidan o‘tuvchi Davlat ahamiyatidagi 4R100 “Manguzar q.-Jarqo‘rg‘on sh.-Bandixon q.-Oltinsoy q.-Denov sh.” avtomobil yo‘lining 11–126-kilometr qismlarini ta’mirlash belgilangan bo‘lib, Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tarkibidagi 7 ta korxona tomonidan belgilangan muddatda topshiriqlar ijrosi ta’minlandi, ya’ni, yo‘l ishlari to‘liq yakunlanib, obyekt foydalanishga topshirildi.
© Uning ochilishi marosimi katta shodiyonaga aylanib ketdi. Tadbir davomida faol yo'lsozlarga tashakkurnoma va sovg'alar berildi.
❗ Yakunda qatnashchilar to‘kin dasturxonga taklif etilib, osh tarqatildi.