Yuklanmoqda...

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Matn o'lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda
Boshqarma
Me’yoriy hujjatlar
Interaktiv hujjatlar
Ochiq ma’lumotlar
Axborot xizmati
Telefon raqam:+998 73-229-04-35
Asosiy Boshqarma Boshqarma haqida

Boshqarma haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son "Yo’l xo’jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatlarini tashkil etish to’g’risida"gi qaroriga asosan tashkil topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo’llari qo’mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi tarkibiga o’tkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi yo’l xo’jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida" 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoni hamda "Yo’l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida"gi 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo’llari qo’mitasi avtomobil yo’llari sohasidagi maxsus vakolatli organ bo’lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish bo’yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi.


Qo’mita zimmasiga "Avtomobil yo’llari to’g’risida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklatildi: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari tarmog’ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o’tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo’llari foydalanuvchilariga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo’l va yo’l bo’yi servisi ob'ektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;


- xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablag’larini jalb qilgan holda yo’l qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish;


- tarmoqqa investitsiyalarni, eng avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish orqali izlash