Ekran o'lchami:
Matn o'lchami:
9-dekabr Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida "Korrupsiyasiz jamiyat sari" mavzusida seminar tashkil etildi.
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo‘limi bosh mutaxassisi Nig‘matjon Komilov yurtimizda so‘nggi yilllarda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar haqida gapirar ekan, mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlari belgilangan Harakatlar strategiyasining Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishida bevosita korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilanganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
🇺🇿Ma’ruzachi shuningdek, seminar ishtirokchilariga korrupsion holatlar aks etgan videoroliklarni taqdim etdi.
⛔Korrupsiyaga qarshi kurashish—bu umumjamiyat ishi va unga barham berish barchaning burchi.
✍️Seminar savol-javob tarzida o‘tdi.