Ekran o'lchami:
Matn o'lchami:
Huquqiy_targ‘ibot
Quvasoy_shahri
Quvasoy shahar Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi huquqshunosi I. Jabborov tomonidan muassasa xodimlari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va unda belgilangan talablar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Xususan, “Ish vaqti” va “Dam olish vaqti” bo‘yicha huquq va majburiyatlar ta'kidlandi. Mavzu yuzasidan, shuningdek xodimlarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.
Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati.